LAPAROSKOPIK JARROXLIK AMALIYOTI BAJARILGAN BEMORLARNING REABILITATSIYASIDAN KEYINGI HAYOT SIFATINI BAHOLASH
Keywords:
hayot sifati; semizlik; laparoskopik jarrohlik; tibbiy reabilitatsiyaAbstract
Annotatsiya. Semizlik laparoskopik operatsiyalardan keyingi tiklanishni murakkablashtiradi va bemorlarning salomatlik bilan bogʻliq hayot sifatini, ayniqsa uning jismoniy tarkibiy qismini, pasaytiradi. Ishning maqsadi — laparoskopik jarrohlik amaliyoti bajarilgan semizlikka chalingan bemorlarda reabilitatsiya algoritmi qoʻllanilgandan keyin hayot sifatining jismoniy tarkibiy qismini baholash. Prospektiv qiyosiy tadqiqotda nazorat (n = 64, standart yuritish) va asosiy (n = 72, reabilitatsiya algoritmi) guruhlar solishtirildi; hayot sifati jismoniy faollik (IPAQ), yuklamaga bardoshlilik (6DYT), hansirash (Borg shkalasi), asoratlar chastotasi va yuqori sezgirlikdagi C-reaktiv oqsil (hsCRP) darajasi boʻyicha baholandi. Standart yuritishda bu koʻrsatkichlar yomonlashdi, reabilitatsiya algoritmi qoʻllanilganda esa yaxshilandi. Natijalar algoritmga asoslangan reabilitatsiyaning hayot sifatini tiklashdagi ahamiyatini va uni kundalik jarrohlik amaliyotida qoʻllash imkoniyatini tasdiqlaydi.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
